Sistit kasalligim bor

Assalomu alaykum! Ustozlar men 2 yildan beri bomdod namozini o‘qiyman endi besh mahal namoz o‘qish niyatidaman lekin surunkali sistit kasalligim bor ayniqsa shu bir yil davomida judayam qaytalanib azob beryapti judayam ko‘p davolandim voxtincha tuzalaman lekin qayta bo‘laveraman shifokorlarni aytishicha manga ko‘p yuvinish mumkin emas ekan lekin man namoz o‘qishni xoxlayman kimdir besh vaqt namoz o‘qiyman desa judayam havas qilaman xuddiki man bir narsadan qolib ketayotganday tipirchilab notinch bo‘laman ichim qandaydir g‘alati bo‘ladi har tong namozimda Allohimdan dardimga shifo berishini manga ham besh mahal namozni nasib etishini iltijo qilib so‘rayman men bir mahalgina bo‘lsayam o‘qiyotgan namozimni tark etishni besh mahal namoz savobidan bebahra qolishni istamayman iltimos menga maslahat beringlar nima qilay maslahatigiz man uchun juda juda muhim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘p yuvinmasdan tahorat qilib namozlarni o‘qiyvering. Namozni tark qilishga uzr yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar