Ustozga sovg‘a

Assalomu alaykum! Meni arxitektura va interer dizayn sohasida rus millatiga mansub ustozim bor. Uni Islomga da’vat qilmoqchi edim. Unga sof Islomni yoritib beruvchi, dinning asoslarini sodda va qiziqarli tushuntiradigan rus tilidagi  kitob sovg‘a qilmoqchiman, in shaa Alloh. U kitob tushunishga oson, shubhalarga javob beradigan bo‘lsa juda yaxshi bo‘lardi (kasbi kitob o‘qishga bog‘liq bo‘lmagani uchun o‘qimay tashlab qo‘yishidan qo‘rqaman). Shunga, qanday rus tilidagi kitoblarni tavsiya qilasiz? Duo qiling, Alloh taolo uni hidoyat qilsin, bizni bu ishda sababchi qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aynan shunday shaxslar uchun Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning o‘zlari tavsiya qilgan “Iyman. Islam. Kur’an”, “Sunnitskie veroubejdeniya(Osnovы islamkoy verы)va “Xadisы i jizn” silsilasining 2-juzi bo‘lmish “Iyman i Islam” nomli kitoblarini sovg‘a qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 145 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar