Kriptovalyuta yangiliklari saytida ishlash

Assalomu alaykum! Men dasturchiman, web sayt, web ilovalar yaratish bilan shug‘ullanaman. Kriptovalyuta haqida yangiliklar berib boruvchi web sayt ustida ishlash joizmi? Kriptovalyuta oldi sotdi qilish, trading, yoki shunga o‘xshash ular bilan valyuta sifatida ishlash joiz emasligini bilaman, lekin shular haqida malumot, yangiliklar beruvchi saytda ishlash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Siz bu ishingiz bilan kriptovalyutani targ‘ib qilgan bo‘lib qolasiz. Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 10:18 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar