Qanday belgilash mumkin?
Assalomu alaykum! Oyat boshlanganidan to vaqf qilish mumkin bo‘lgan joyga kelguncha bir nafasda o‘qish lozimligi to‘g‘risida Hazratimiz(rahimahulloh)dan so‘rab o‘rgangan edim. Qo‘shimchasiga Hazrat(rahimahulloh) Xalil Husoriyning audiosidan foydalanishni tavsiya etgan edilar. Men shu tavsiyadan foydalanaman. Ammo biroz qiyinchilik tug‘iladi. Negaki, vaqf joyiga kelmasdan to‘xtab, bir-ikki jumla orqaroqdan o‘qib davom etib ketiladi. Men arab tilini bilmaganim uchun ma’nosini tushunmayman, shu bois Husoriy qiroatidagi to‘xtash va boshlash joylarini faqat yodda saqlashdan boshqa yo‘l yo‘q. Bu esa qiyin masala. Hozirda har Qur’on o‘qiganimda qayta-qayta shunday uzun oyatlarni audiodan izlab topib, vaqt yo‘qotsam ham tuxtash va boshlash joylariga rioya qilishga harakat qilaman. Mana shunday holatlarda(ko‘pi bilan 20-30 joyda) Qur’onda to‘xtash joyida bir belgi va boshlash joyida bir belgi qo‘ysam bo‘ladimi? Bu vaqtimni ancha tejashda yordam bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onning sahifasiga chizmay, yopishtirib keyin olib tashlasa bo‘ladigan belgi qo‘yishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:22 | Savol-javoblar | 141 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onning sahifasiga chizmay, yopishtirib keyin olib tashlasa bo‘ladigan belgi qo‘yishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:22 | Savol-javoblar | 141 | Ta’lim va muta’allim