Jazo engillashadimi?

Assalomu Alaykum! Shariyatimizda gunoh sanalgan ishlar qonunda jinoyat deyiladi. Savolim shuki biror jinoyat qilib qamalgan odam qilgan ishiga bu dunyoda jazosini olgani uchun u dunyoda ham javob beradimi yoki jazosi engillashadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu dunyodagi jazolar kishilarni o‘sha gunohdan tiyish uchun qo‘llaniladigan choradir. Oxiratda javobgarlikka tortilmasligi uchun tavba qilishi, hamda haq egalarini rozi qilishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar