Ish soati

Assalomu alaykum. Men xorijiy davlatda yuk mashinasi haydayman. Biz har kunlik ishimizni kundalik ish jadvaliga yozib borishimiz kerak. Kundalik jadvalimiz bo‘yicha 24 soat mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, biz shundan 11 soat mashina haydashimiz, 3 soat yuk ortib tushirishimiz va 10 soat uyqu yoki dam olishda bo‘lishimiz kerak. Ya’ni bir kunda 14 soat ishlash mumkin. Mening fikrimcha, shafyorlarga  kundalik yozishni ular vaqtida dam olishi uchun joriy qilgan. Odatda men bir kunda 6-7 soat uxlayman. Savolim shundan iboratki, kundalik ish jadvalni to‘g‘rilab, bir kunda 16-17 soat ishlashim mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi ishlayotgan tashkilotingizning jadvaliga amal qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:23 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar