Mahr tayin qilinmasdan o‘qilgan nikoh
Assalomu alaykum! Dugonam turmush qurganiga 16 yildan oshdi. Nikoh o‘qilayotgan vaqtda domla mahr haqida hech qanaqa so‘z aytmasdan er xotinni roziligi bilan nikohlab qo‘ygan ekan. To‘ydan keyin dugonam qaynonasiga bir ikki aytsa, e’tibor qilmagan ekan. Turmush o‘rtog‘ini ishlari hecham yurishib ketmadi. Dugonam mahrsiz nikoh o‘qilganiga ishi yurishmasmikin deb o‘ylayapti. Mahr belgilamay nikoh o‘qisa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mahr bermayman deb o‘qitilsa ham nikoh bog‘lanadi. Sizning holatingizda eringiz zimmasiga tengqurlaringizga eri mahriga nima olib bersa, o‘sha narsani olib berishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar