Haqni kechish
Assalomu alaykum! Odamlar bir birlariga moddiy yordam berib turishadi, O‘zbekchilikda ham, qo‘shnilarga yaxshi muomalada bo‘lish, qarindoshlar bilan bordi-keldi qilishlari ko‘p. Shunaqa munosabatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar ham bo‘lib turadi. Ko‘p guvohi bo‘lganman kimdir bir insonga qanchadir muddatga pul berganda, u inson yoki rosti bilan qaytara olmaydi, yoki qaytargisi kelmaydi. Shunda pul bergan odam jahl bilan «senga sadaqa shu pul» deb yuboradi. Agar shu gapni aytsa, rosti bilan sadaqa bo‘lib ketadimi? Mabodo shu gapni aytgandan keyin, yana pulni qaytarishini so‘rashi joizmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda qarzdan kechish bor. Kechganidan keyin qaytib so‘rashi joiz emas. Agar “shu pul senga sadaqa” deganida, haqiqatda sadaqa bo‘lishini iroda qilgan bo‘lsa, qayta so‘rashi ham joiz emas. Mabodo bu gapi bilan qarzdorning hamiyatini qo‘zg‘ash va “menga sadaqang kerak emas” deb tezroq qarzini to‘lashi uchun aytgan bo‘lsa, so‘rashi joiz. Haqdor jahl bilan “senga sadaqa” degan suratda ham qarzdor uni olib qolishi halol bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘nglidan chiqarib bermagan molini olish halol bo‘lmaydi” deganlar. حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ قَالَ: حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ عُمَرَ قَالَ: أَخْبَرَنَا يُونُسُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ كَعْبٍ: أَنَّهُ تَقَاضَى ابْنَ أَبِي حَدْرَدٍ دَيْنًا كَانَ لَهُ عَلَيْهِ فِي الْمَسْجِدِ، فَارْتَفَعَتْ أَصْوَاتُهُمَا حَتَّى سَمِعَهَا رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم وَهْوَ فِي بَيْتِهِ، فَخَرَجَ إِلَيْهِمَا حَتَّى كَشَفَ سِجْفَ حُجْرَتِهِ فَنَادَى: «يَا كَعْبُ». قَالَ: لَبَّيْكَ يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «ضَعْ مِنْ دَيْنِكَ هَذَا». وَأَوْمَأَ إِلَيْهِ أَيِ الشَّطْرَ، قَالَ: لَقَدْ فَعَلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «قُمْ فَاقْضِهِ». أطرافه: 471، 2418، 2424، 2706، 2710 - تحفة:
30 - 124/1 Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U masjidda Ibn Abu Hadraddan qarzini to‘lashini talab qildi. Keyin ikkovining ovozi ko‘tarilib ketib, hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni uylarida turib eshitdilar. Shunda u zot hujralarining darpardasini (ikki tomonga) ochib, ularning oldiga chiqdilar-da: «Ey Ka’b!» deb chaqirdilar. «Labbay, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot: «Qarzingdan bunchasini kech», deb, yarmiga ishora qildilar. «Bo‘ldi, kechdim, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot (Ibn Abu Hadradga qarab:) «Tur, uni (qolganini) to‘la», dedilar».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:33 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar