Jalsada tasbeh

Assalomu alaykum! 1). Men jalsada ikki marotaba «Allohummag‘firlii» deb aytar edim. Yaqinda “Robbig‘firliy varhamniy” deb aytsa ham bo‘lishini o‘qib qoldim. Qaysi birini necha marotaba aytgan afzal?
2). Ikkinchi sajdadan so‘ng, qo‘llarimni sonimga qo‘ygan holda qiyomga turar edim, hech narsaga suyanmay turgan afzalligini bilganimdan keyin, sajdadan boshimni, keyin qo‘llarimni ko‘targach, qo‘llarimni bog‘lagan holda qiyomga turayapman. Shunday qilganim durustmi yoki ko‘llarimni yonga tushurib, qiyomga turgach qo‘llarimni bog‘laganim afzalroqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ikki sajda o‘rtasida duo qilganlari hadislarda kelgan. Fuqaholarimiz u duolarni o‘qish mustahab deganlar. Hanafiy ulamolari ularni nafllarda o‘qishni mustahab deganlar. عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنهما أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ : ( اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ، وَارْحَمْنِي ، وَاجْبُرْنِي ، وَاهْدِنِي ، وَارْزُقْنِي  رواه الترمذي Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajdaning orasida: “Allohummag‘firliy varhamniy vajburniy vahdiniy varzuqniy” der edilar". Termiziy rivoyati. عَنْ حُذَيْفَةَ أَنَّ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ َكَانَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ : ( رَبِّ اغْفِرْ لِي ، رَبِّ اغْفِرْ لِي  . رواه النسائي Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: " Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajdaning orasida: “Robbig‘firliy, Robbig‘firliy” der edilar". Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:33 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar