Qabr ziyoratidagi nozik masala
Assalomu alaykum! “fiqx.uz” saytidagi «Qabr ziyoratidagi nozik masala» bo‘limida bir fatvoni tushunmay qoldim: «Agar solihlarning qabrlarini ziyorat qilish orqali baraka, fayz va e’tibor olish bo‘lsa, yoshi katta ayol bo‘lsa zarari yo‘q. Agar yosh bo‘lsa masjidga jamoatga hozir bo‘lish kabi makruh bo‘ladi” (Bahrur roiq)
Qabrlarni ziyorat qilish orqali baraka va fayz olinmaydiku, to‘grimi? Yoki, silai raxm (qarindosh-urug‘ning xolidan xabar olgani) uchun Alloh beradigan barakaga o‘hshab, solihlarning qibrini ziyorati uchun xam Alloh tamonidan baraka beriladimi? Alloh ilmingizni va mexnatlaringiz ajrini ziyoda qilsin. Yuqorida keltirilgan, «Agar solihlarning qabrlarini ziyorat qilish orqali baraka, fayz va e’tibor olish bo‘lsa, yoshi katta ayol bo‘lsa zarari yo‘q» degan gapni izohlab bersangizlar.
Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Faqat Allohning roziligi uchun ilm o‘rganib, unga amal qilib va boshqalarga xam o‘rgatadigan solix olimlarni er yuzida ko‘paytirsin va bizlarni ular bilan birga qilsin. Amin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda avvalo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Qabrlarni ziyorat qilib turinglar” degan ko‘rsatmalariga amal qilish bordir. Unga amal qilish albatta fayzu barakaga sabab bo‘ladi. Qolaversa, siz aytganingizdek silai rahm, ularning haqqlariga qilinadigan duo va istig‘forlarning ham barakoti bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda