Kargoda ortib qolgan dollar

Assalomu alaykum! Hozirda Turkiyada kargoda ishlayman(yuk yuborish pochta). Biz dollarda ishlaymiz. Dollar kursining ta’siri yo‘q ishimizga. Haridorlardan faqat ayni paytdagi ayirboshlash shaxobchadagi kurs bo‘yicha turk lirasini ham olamiz. Dollar narxi juda tez ko‘tarilib tez tushadi. Misol uchun haridor turk puli bermoqchi. 10 kg uchun 280 turk lirasi bo‘ldi (35$). Men 280 tl oldim deylik, lekin hamma pulimni dollarga alishtirgunimga qadar dollar narxi tushib 280 tl ga 35 $ emas 37 $ sotib olaman. Orada menga 2 $ pul ortib qoladi. Bu halol hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U 2 dollar sizniki emasda. U pul siz ishlayotgan tashkilotniki bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar