Farzning nuqsoni
Assalomu alaykum! Meni taxminan 3 yil mobaynida qolib ketgan farz namozlarim bor. Men hozirda har kuni shom va xufton orasida 20 rak’atdan nafl o‘qiyapman. In shaa Alloh etkazib olaman. Bu savolim “Hadis va hayot”ning 5-juzidagi 532-hadisdan keyin paydo bo‘ldi.
1). Necha rak’at farz qoldirilgan bo‘lsa o‘shancha rak’at nafldan to‘ldiriladimi?
2). Bunda vojib va sunnat namozlarning holi qanday bo‘ladi?
Iltimos javob bersangiz bu men uchun o‘ta muhim. Savol takroran kelgan bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-nafl farzning o‘rniga o‘tmaydi. Balki farzdagi kamchiliklarga to‘ldiruvchi bo‘ladi. Shuning uchun shariatda farzlardan oldingi va keyingi sunnatlarni “mukammilot”(farzda yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldiruvchisi) deyiladi. 2-qazoingiz bo‘lsa, naflning o‘rniga qazo o‘qing. Shunda ham zimmangizdan qazo echiladi, ham vaqtni ibodat bilan o‘tkazganlik savobidan bahramand bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 133 | Ibodatlar