Qo‘shimcha pul olish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men hozirda Rossiyadagi qurilishda brigadir bo‘lib ishlayman. O‘zim qo‘limdan kelganicha Alloh taoloning buyruqlarini bajaraman va foizxo‘rlikdan qo‘rqaman. Bizga ish bergan odam shartnomadan tashqari menga birgada tuzganim uchun alohida oshiqcha pul taklif qilayapti. Shuni bollarga aytib, rozi bo‘lishsa o‘zimga olsam bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizga berilayotgan ortiqcha pul ishchilarning haqlaridan bo‘lmay, ish beruvchining rag‘batlantirish uchun bergan puli bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar