Yuqori darajalarga erishish

Assalomu alaykum! Banda Allohga qo‘lidan kelganicha taqvo qilsa, namozlarida hushuni sezsa ishlari bir necha yillardan beri oldinga yurmayotgan bo‘lsa ham bir kun albatta hammasi yaxshi bo‘lishiga qattiq ishonsa, Allohga muhabbati kuchayayotganini sezsa va Alloh ham unga yaqinligini bilib tursa, hamma narsa faqat Alloh yozganidek bo‘lishiga ishonib har qanday qiyinchilik tashvishlarda ham hotirjam bo‘lsa, bu ibodatlarining samarsimi? Alloh ham u bandaga yaqinligini shundan bilsa bo‘ladimi? Rasululloh sallollohu alayxi vasallam aytganlaridek «kim Allohga taqvo qilsa unga Alloh kifoya qilur» degan hadislarini tasdig‘i desak bo‘ladimi? Bundan ham yuqori darajalarga erishish uchun nima qilish kerak? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Allohga muqarrab bo‘lish uchun ustozlarimiz uch narsani aytganlar. Alloh farz qilgan narsalarda bardavom bo‘lish, solihlarning suhbatida bo‘lish va gunohdan tiyilish. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 130 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar