Duodagi qo‘lning holati

Assalomu alaykum! Oldingi savolimga «Hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilayotganlarida qo‘llarini ko‘targanlari zikr qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan beri sahobalar, tobe’inlar va taba’a tobe’inlarning taomuliga ko‘ra hozirgi kungacha istisqodan boshqa o‘rinlarda qo‘lni bir-biriga tekkazib duo qilinib kelinmoqda. Vallohu a’lam.» degan javob olgan edim. Bundan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘lini men aytganday qilib duo qilganmilar? Ya’ni qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, tirsakni bukmagan holda va qo‘llarini parallel qilibmi? Duoda qo‘lning qanday holatda tutishini tafsiya qilasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istisqodan boshqa o‘rinlarda qo‘lni bir-biriga tekkazib duo qilish joizligi haqida “Tuhfatul ahvaziy”ning sohiblari ham bir necha hadis va ma’lumotlarni keltirganlar. O‘sha kitobga murojaat qiling. U erda qo‘l qanday bo‘lishi kerakligi haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:50 | Savol-javoblar | 173 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar