Xamiyat
Assalomu alaykum! Savolni yaqin tanishimning nomidan berayapman. Ular qishloqda yashashadi akasi shahardan uylangan yaqinda akasining qaynotasi shaxardan uy olib berib shaxarga ko‘chirib ketibdi. Tanishimning ota onasi sen xam shaxarda yashaysan qaynotang uy olib bersin, agar uy olib bermasa xotin bolalaring bilan akangnikiga ko‘chib borib o‘sha erda yashab ishlaysan, qaynotang bundan or qilsa senga xam shaxardan uy qilib berar degan gaplarni chiqarishgan emish. Tanishimning boshi qotgan qaynotasiga uy oldirishga nomus qilayapti, akasinikiga ko‘chib borish uyat xamda domda xojatxona va vannalari bitta bo‘lgan uyda aka uka xotinlari bilan birga turish noqulay. Bu tomonda esa ota onaning roziligi tanishim ahli ilmlarning maslaxatiga juda muxtoj.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ochiq-oydin zulmku. Bu borada bilib ishini qilsin, ota-onasini aytganini qilishi kerak emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush