Qabrga qo‘yishdagi duo

Assalomu alaykum! Mayitni qabrga qo‘yilayotganda qanday duo o‘qish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qabrni lahad qilib qaziladi. Uning ichiga mayyitni qibla tomonidan kiritiladi. Uni qo‘yuvchi «Bismillahi va alaa millati Rasulillahi», deydi. Uni qiblaga yuzlantiriladi. رَوَى الطَّبَرَانِيُّ عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْعَلَاءِ بْنِ اللَّجْلَاجِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: قَالَ لِي أَبِي اللَّجْلَاجُ أَبُو خَالِدٍ: يَا بُنَيَّ، إِذَا مِتُّ فَأَلْحِدْنِي، فَإِذَا وَضَعْتَنِي فِي لَحْدِي فَقُلْ: بِسْمِ اللهِ، وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ، ثُمَّ شُنَّ عَلَيَّ التُّرَابَ شَنًّا، ثُمَّ اقْرَأْ عِنْدَ رَأْسِي - بِفَاتِحَةِ الْبَقَرَةِ، وَخَاتِمَتِهَا - فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم يَقُولُ ذَلِكَ. Tabaroniy Abdurrahmon ibn Alaa ibn Lajlajdan, u otasidan rivoyat qiladi: «Otam Lajlaj Abu Xolid menga: «Bolajonim! Vafot etganimda meni lahadga qo‘y. Meni lahadimga ko‘yganingda «Bismillahi va alaa millati Rasulillahi», degin. So‘ngra ustimga tuproq tort­gin. Keyin bosh tarafimda Baqaraning avvali va oxirini qiroat qilgin. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitganman», dedi».("Kifoya" kitobidan.). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar