Qoldirilgan narsa
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh barchangizni ilmingizini ziyoda qilsin! Bu savolim bir dugonam nomidan. Ular bozorda kafe ishlatishadi va ba’zida ko‘pchilik bozorda xarid kilgan narsalarini qoldirib ketisharkan. Ba’zilari olib ketgani keladi ba’zilari esa yo‘q. Bir kuni bir ayol koftasini qoldiribdi, ancha vaqt o‘tib u ayol kelibdi va narsasini so‘rabdi. Dugonam esa egasi kelmasa kerak yoki bironta boyvachcha qoldirgan bo‘sa kerak deb u koftani o‘ziniki qilib kiyib yuborgan ekan. Ayolni gapini eshitib, o‘zini yo‘qotib nima deyishni bilmay “yo‘q qoldirmagansiz, ko‘rmaganman” debdi. Haligacha vijdoni qiynalarmish. Nima qilsa bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egasini topadi, qiymatini qaytarib beradi va rozi qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egasini topadi, qiymatini qaytarib beradi va rozi qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar