Tushunmagan hadisim

Assalomu alaykum! Bir «xadis» eshitib qoldim. Unda aytilishicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga bir zino qilib qo‘ygan ayol kelganida u ayoldan yuz o‘giribdilar. Shu bilan u ayolga chuqur qazib toshbo‘ron qilib o‘ldiriladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ayolga janoza o‘qibdilar. Ilmim yo‘ligi uchun to‘g‘ri kelgan odamdan so‘ramasdan sizlardan so‘radim. Iltimos shu hadis haqida to‘g‘ri  ma’lumot bersangizlar, chunki bu hadisdan tavba qilishning o‘zi kifoya qilmasligi kelib chiqyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! قَالَ، فَجَاءَتِ الْغَامِدِيَّةُ، فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنِّي قَدْ زَنَيْتُ فَطَهِّرْنِي، وَإِنَّهُ رَدَّهَا، فَلَمَّا كَانَ الْغَدُ، قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، لِمَ تَرُدُّنِي؟ لَعَلَّكَ أَنْ تَرُدَّنِي كَمَا رَدَدْتَ مَاعِزًا، فَوَاللهِ إِنِّي لَحُبْلَى، قَالَ: «إِمَّا لَا فَاذْهَبِي حَتَّى تَلِدِي»، فَلَمَّا وَلَدَتْ أَتَتْهُ بِالصَّبِيِّ فِي خِرْقَةٍ، قَالَتْ: هَذَا قَدْ وَلَدْتُهُ، قَالَ: «اذْهَبِي فَأَرْضِعِيهِ حَتَّى تَفْطِمِيهِ»، فَلَمَّا فَطَمَتْهُ أَتَتْهُ بِالصَّبِيِّ فِي يَدِهِ كِسْرَةُ خُبْزٍ، فَقَالَتْ: هَذَا يَا نَبِيَّ اللهِ قَدْ فَطَمْتُهُ، وَقَدْ أَكَلَ الطَّعَامَ، فَدَفَعَ الصَّبِيَّ إِلَى رَجُلٍ مِنَ الْمُسْلِمِينَ، ثُمَّ أَمَرَ بِهَا فَحُفِرَ لَهَا إِلَى صَدْرِهَا، وَأَمَرَ النَّاسَ فَرَجَمُوهَا، فَيُقْبِلُ خَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ بِحَجَرٍ، فَرَمَى رَأْسَهَا فَتَنَضَّحَ الدَّمُ عَلَى وَجْهِ خَالِدٍ فَسَبَّهَا، فَسَمِعَ نَبِيُّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَبَّهُ إِيَّاهَا، فَقَالَ: «مَهْلًا يَا خَالِدُ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَقَدْ تَابَتْ تَوْبَةً لَوْ تَابَهَا صَاحِبُ مَكْسٍ لَغُفِرَ لَهُ»، ثُمَّ أَمَرَ بِهَا فَصَلَّى عَلَيْهَا، وَدُفِنَتْ Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: G‘omidiya ayol kelib «Ey Allohning Rasuli ! Men zino qildim. Meni poklang» dedi. Uni qaytarib yubordilar. Ertasi kun bo‘lganida u yana kelib: «Ey Allohning Rasuli ! Meni nimaga qaytaryapsiz? Siz meni Mo’izni qaytarganingiz kabi qaytarmoqchimisiz. Allohga qasam, albatta men homiladorman» dedi. «Ammo, yo‘q. Toinki tuqquningcha (kelma)» dedilar. Vaqtiki tuqqach, go‘dakni bir matoga o‘rab keldida: «Tug‘dim» dedi. U zot: «Borda sutdan chiqarguningcha emiz» dedilar. Vaqtiki sutdan chiqargach, go‘dakni olib keldi. Qo‘lida bir bo‘lak non bor edi: «Ey Allohning Nabiysi ! Sutdan chiqardim. Batahqiq u taom edi» dedi.  U zot go‘dakni musulmonlardan bir kishiga berdilar va buyurdilar, ayolni ko‘kragigacha ko‘mildi. Insonlarga amr etdilar, uni toshbo‘ron qilishdi. Xolid ibn Valid bir toshga yuzlandi va ayolni boshiga otdi. Qon Xolidning yuziga sachradi bas, uni (ayolni) so‘kdi. Bu so‘kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etib kelgandi:  «Sekin Ey Xolid! Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, batahqiq u shunday bir tavba qildiki, agar soliq sohibi shu kabi tavba qilsa albatta kechirilardi» dedilar.  So‘ngra buyurdilar, unga janoza o‘qildi va dafn qilindi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar