Islom dinida vegarteryanlik
Assalomu alaykum! Hozirgi paytda musulmonlar orasida vegetarianlik ommalashib bormoqda. Vegetarianlik tushunchasi Islom dinida mavjudligiga qaramasdan juda kopchilik gosht yiyishni oziga va oilasiga taqiqlab qoymoqda. Nega desa bazilari Payg‘ambarimiz S.A.V. hech qachon gosht emaganlar, yana bazilari Payg‘ambarimiz S.A.V. hech qachon sigirni qurbonlik qilmaganlar va uni goshtini eyishdan qaytarganlar deb saxix bolmagan hadisni misol qlb keltirishmoqda va sigirni muqaddas hayvon uni soyib bolmaydi degan etiqodni targib qilishmoqda. Nma sababdan muqaddas desa, sigir insonlarning onasi emish, sut bergani uchun. Men bu vegerteryanlik bekor tushuncha ekanligi qancha tushuntirishga harakat qilmay gapimga kirmayapti. Bularni barchasini Alloh bizga foydalanishimiz uchun nemat qilib bergan, sigir hech qanday muqaddas emas, Alloh uni ongsiz hayvon qlb yaratgan desam ham foydasi bolmayapti. Eng yomoni hozirgi paytda musulmon bolgan ozbeklar har xil buddizim dinidagi yoki xar xil evreylardan vegetarianlik yoki ozini anglash haqidagi kursini sotb olib to‘g‘ri noto‘g‘riligiga qarab otirmasdan boshqa ozbek musulmonlariga targib qlb orgatishmoqda. Men oz tanishimni qanday qlb bu yoldan qaytarsam boladi, iltimos maslahat bering. Tanishim oqiyatgan kurslari orasida har xil hindlarning xudolarini ismini aytib meditatsiya qilar ekan. Allohdan ozga iloh borligiga ishonib shunday narsalarni organib orgatib yurganlar Allohga shirk keltirib dindan chiqib qoladimi? Mana shunday Islom dinini buzib, har xil narsalarni qoshb targib qilayotganlarni jinoiy javobgarlikka tortsa boladimi? Javobingiz juda ham muhim, ozmga juda yaqin bolgan insonni qayday qlb bu yoldan qaytarsam boladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom dinida vegetarianlik, ya’ni hayvon go‘shti va hayvon mahsulotlarini tanovul qilmaslik e’tiqod darajasiga chiqarilishidan - ularni o‘ziga harom qilib olishdan yoki bu narsalarni tanovul qilmaslikni savobli va Allohga qurbat hosil qildiruvchi amal deb bilishdan qaytarilgan. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تُحَرِّمُواْ طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَعْتَدُواْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ«Ey iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas» (Moida surasi, 87-oyat).قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللّهِ الَّتِيَ أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالْطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ قُلْ هِي لِلَّذِينَ آمَنُواْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ كَذَلِكَ نُفَصِّلُ الآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ«Sen: «Alloh O‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» deb ayt. Sen: «Ular dunyo hayotida iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o‘zlariga xosdir», deb ayt». (A’rof surasi, 32-oyat).قُلْ أَرَأَيْتُم مَّا أَنزَلَ اللّهُ لَكُم مِّن رِّزْقٍ فَجَعَلْتُم مِّنْهُ حَرَامًا وَحَلاَلاً قُلْ آللّهُ أَذِنَ لَكُمْ أَمْ عَلَى اللّهِ تَفْتَرُونَ«Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiyapsizmi?» deb ayt». (Yunus surasi, 59-oyat).
Alloh taolo qaysi amal ibodat ekanligi-yu, qaysilar ibodat emasligini o‘z oyatlarida va Rasulining hadislarida bayon qilib qo‘ygan. Hayvon mahsulotlarini emaslikni ibodat yoki savobli ish deb bilish xatodir. Bashariyatning eng afzali bo‘lmish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayvon go‘shtini iste’mol qilar edilar, hayvon sutini ichar edilar, asal tanovul qilar edilar. Ammo kishi shaxsiy tabiatidan kelib chiqib, ko‘ngli tortmaganligi va ishtaha qilmaganligi tufayli bunday mahsulotlarni iste’mol qilmasa, bu o‘zining ishi. Muhimi shuni afzal tanlov deb bilmasa bo‘lgani.
Endi savolingiz narigi qismiga kelsak, kishi o‘zga dinlardagi iloh deb da’vo qilinuvchi narsalarning ismlarini aytib yurishni o‘ziga vazifa qilib olishi yoki shular asosida biror mashg‘ulotlar o‘tkazishi shirkga olib keladi. Bular islomga ziddir. Vallohu a’lam!
10 Oktabr 2023, 00:51 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda