Yolg‘iz namozxon qiroati

«…Ammo oshkora qiroat qilgani, jamoatga o‘xshagani uchun afzal» Kifoya kitobidan 335-bet. Yaqinda bir birodarimizning «Farz namozlarini sunnat namozlari kabi maxfiy o‘qisa bo‘ladimi» degan savoliga ma’muriyat tomonidan «yolg‘iz o‘quvchi maxfiy qilgani afzal» degan ma’nodagi javobni berishibdi. Qay birini qilgan afzal yoki yolg‘iz o‘quvchini ixtiyoriga bog‘liqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Namozni jahriy yoki maxfiy qilish jamoatga tegishli. Yolg‘iz o‘quvchi ixtiyorlidir. «…Ammo oshkora qiroat qilgani, jamoatga o‘xshagani uchun afzal» deyilgani, masjdiddan boshqa joyda o‘quvchigadir. Masjiddagi jamoatdan kech qolib, yolg‘iz o‘qiyotgan kishi uchun emas. Chunki bunda birinchidan jamoatga beparvolik, ikkinchidan yonidagilarga xalaqit qilish bor. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 14:55 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar