Oilam
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 3 yil bo‘ldi, lekin turmush o‘rtog‘im va ota-onasi menga hech qanday moddiy tarafdan yordam berishmaydi. Bir yarim yosh bolamni ham kiyimi, kasali, oziq-ovqati, meni kasalim ham ota-onamga. Doktorga borishimga doim janjal bulayapti. Hozir ham homiladorman. Bu safar ham davolanishim ota-onamga bo‘lyapti. Qaynonam ham doim meni yomon ko‘rsatadi. Turmush o‘rtog‘im hamma aybni menga qo‘yadi. Shu holatda ajrashsam gunoh qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Keyin afsus qilmasangiz o‘zingiz bilasiz. Bunday erni boridan yo‘g‘i yaxshidir. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Keyin afsus qilmasangiz o‘zingiz bilasiz. Bunday erni boridan yo‘g‘i yaxshidir. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar