Mavlud haqida

Assalamu alaykum! Hurmatli ilm sohiblari, Mavlud nabaviyani nishonlash joizmi ëki yo‘qmi? Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar siz mavluddan tug‘ilgan kunni nishonlashni tushunayotgan bo‘lsangiz, bu narsa bid’at. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini o‘rganish majlisi deb bilsangiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqi va shamoillarini o‘rganish uchun to‘planish, bay’ haqida majlislar o‘tkazish, barchaga tanishtirish u yoqda tursin, hatto qanday ot yoki eshak minganlari-yu, ularning to‘qimlari qandayligini zikr qilish ham savobdir. Vallohu a’lam.
https://old.islom.uz/content/view/1390/136/

26 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar