Magazindagi xolat
Assalamu alaykum! Aziz ustozlar, «Makro» magazinidagi bir qoidani o‘qidim. Unda yozilishicha “xaridor, agar mahsulotning o‘ziga yopishtirilgan narxni, chekdagi narx bilan solishtirganda farq topsa, o‘sha mahsulot unga tekinga beriladi” deb yozilgan. Men ko‘p narsa oldim va ularning orasida saryog‘ning narxida farq topdim(ya’ni menga yozilganiga nisbatan qimmatroqqa sotishdi) va qoidaga binoan saryog‘ uchun to‘lagan pulimni talab qilib oldim. Lekin uyga kelib, to‘g‘ri qildimmi yoki yo‘qmi deb ikkilandim. Maslahat bering, bu ishim to‘g‘rimidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Xaridor, agar mahsulotning o‘ziga yopishtirilgan narxni, chekdagi narx bilan solishtirganda farq topsa, o‘sha mahsulot unga tekinga beriladi” degan yozuvni ma’muriyatdan so‘rab ko‘ring. Siz bizning ishimiz, taraqqiyotimiz va bunga befarq qarayotganlarni topishga yordam berganingiz uchun mukofot tarzda sotib olgan narsangizni pulini olmaymiz – desa, bu sizga hadyadir. Hadyani olishingiz joizdir. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar