Qo‘shnilarning ishi
Assalomu alaykum, aziz va qadrli ustozlar! Dadam bizning uyga katta pulga boshqa “liniya”dan tok olib kelganlar. Bizda shu boisdan ikkita “liniya” bo‘lib, biri o‘chsa ham ikkinchisi ko‘pincha o‘chmaydi. Buni ko‘rgan qo‘shnilar bizga indamasdan o‘zlariga ham ulab olishibdi. Bu holatdan so‘ng o‘z-o‘zidan tok pasaydi va onajonim ba’zi ishlarni qilolmayaptilar. Dadam esa indamayaptilar. Qo‘shnilar Allohdan qo‘rqmasdan birovning haqqini o‘zlashtirib oldilar. Ustozlar qo‘shnilarim onajonimni jahlini chiqarib, onamni qiynagani uchun ularni so‘kmoqchiman. Onajonimni xafa qilganlari uchun chiday olmayapman. Shu ishim to‘g‘rimi? Onamni xafa qilgani uchun ularga qattiq gapirsam bo‘ladimi? Ularning qilgan ishlari qo‘shnichilik haqqiga kiradimi? To‘g‘risi, qo‘shnilarimni yomon ishlari bor, ammo ularni aybini aytishim to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Shunga o‘xshash holatlar oldin ham ular tomonidan bo‘lgan. Aziz ustozlar shoshilib, xato qilmay deb sizlardan so‘rayapman. Nima qilay ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni so‘kish o‘rniga ustozimizning “Ijtimoiy odoblar” kitoblarini o‘qib bering. Shunisi foydali. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:07 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni so‘kish o‘rniga ustozimizning “Ijtimoiy odoblar” kitoblarini o‘qib bering. Shunisi foydali. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:07 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar