Murdalarni qiymalash (musla)

Assalomu alaykum! «Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bir lashkar tayyorlab, ularni Shomga yuborayotib, shunday deganlar: ". . . Odamlarni aldamanglar. O‘liklarni qiymalamanglar. Qo‘rqoqlik qilmanglar. O‘ljadan o‘g‘irlab olmanglar. . . . " » («Sunani al-kubro». Bayhaqiy (9/90). «Musnadi Abu Bakr». Marvaziy. (21). ) Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning bu so‘zlaridan quyidagicha ma’no chiqib qolmaydimi : "Bundan oldingi g‘azotlarda Musulmonlar o‘liklarni qiymalaganlar, shuning uchun Xazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bundan qaytarganlar. "? Albatta, Islom bunday ifloslikni qoralaydi. Lekin shunday bo‘lsa ham nima uchun Abu Bakr roziyallohu anhu aynan shunga ishora qilib bundan qaytarmoqdalar. Axir bu ish mutlaqo haromligi aniq-ku? Hozirgi kunda o‘zlaricha Islomni da’vo qilib, lekin shunday ishlar bilan shug‘ullanib, dinimizni butun dunyoga yomon qilib ko‘rsatayotgan guruhlar borligi ayanchli. Odobsizlik qilib, fitna yoki ixtilofga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan savol berganim uchun uzr. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ish mutlaqo haromligi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlaridagi kishilarga aniq bo‘lgan. O‘sha narsani Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o‘z zamonalaridagi kishilarga tushintirganlar. Bilganlarga ta’kid, bilmaganlarga ilm bo‘lsin uchun. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:11 | Savol-javoblar | 216 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar