Murtad bilan muomala

Assalamu alaykum! Bir musulmon birodarimizning savolini yo‘llamoqdaman. «Mening tug‘ishgan opam ming afsus bir necha yil avval “Iegova shohidlari”ga qo‘shilib ketgandi. Men uning bu yo‘li to‘g‘ri emasligini aytib, tavba qilishga chaqirganimda, “sen o‘z diningda qolaver, men o‘z yo‘limni tanlab bo‘ldim, hatto biz bilan bordi-keldi qilmagin ham” degandi. Shu bilan opam bilan salom-alikni yig‘ishtirib yuz ko‘rmas bo‘lib ketdim. U horijga ketdi, orada otamiznikiga kelganida otam qo‘yarda qo‘ymay ikkimizni yarashtirib qo‘ydi. Endi esa men murtad bo‘lgan opam bilan qanday muomala qilishim kerakligini bilmay qiynalib yashayapman. Aytingchi, bu opam bilan qanday muomalada bo‘lishim kerak?» Javobingiz uchun tashakkur! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar uni to‘g‘ri yo‘lga qaytara olsangiz shuni harakatida bo‘ling. Aks holda aloqalarni butkul kesing. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urush paytida bo‘lsa ham dushman tarafining qariyalari, go‘daklari, yosh bolalari va ayollarini qatl qilishdan qaytarganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhu : “Ayollar Islomdan qaytib murtad bo‘lishsa, ularni o‘ldirilmaydi. Lekin qamab, Islomga chaqiriladi” deganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:11 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar