Qanday yo‘l tutaylik?
Assalomu alaykum! Hurmatli ahli ilmlar, hozirgi paytlarda ko‘p kofirlar sotsialniy setlarda dinimizni, payg‘ambarimiz (salollohu alayhi vasallam)ni, hattoki Alloh taoloning nomiga judayam ko‘p bo‘xtonlar yozishmoqda. Bu gaplarni o‘qib etibor qilmaslikni iloji yo‘q. Biz bunday hollarda ularga qarshi javob yozishimiz va bu bo‘xtonlarga yarasha javob qaytarishimiz to‘g‘rimi? Bunday og‘ir bo‘xtonlar bo‘layotganda mo‘min-musulmonlar qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Javob qaytarishga qodir bo‘lgan kishilarning zimmalariga javob qaytarish vojib bo‘ladi. Lekin Alloh taolo “An’om” surasi 108-oyatidagi ko‘rsatmaga amal qilish kerak.
108. Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘k¬mangizki, bilmasdan, tajovuz ila Allohni so‘kib yurmasinlar. Har bir ummatga o‘z amalini ana shunday chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ydik. So‘ngra esa qaytishlari faqat Robblarigadir. Bas, U qilib yurgan amallarining xabarini berur.
Mushriklar Allohni qo‘yib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning o‘sha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda.
«Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘kmangizki...»
Ularning butlarini so‘kishdan qaytarishning asosiy sababi oyatning o‘zidan anglashilyapti:
«...bilmasdan tajovuz ila Allohni so‘kib yurmasinlar».
Ya’ni musulmon kishi mushrikning sanamini so‘ksa, bundan g‘azablangan mushrik ham unga javoban Alloh subhanahu va taoloni tahqirlashi mumkin. Bu turgan gap. Chunki:
«Har bir ummatga o‘z amalini ana shunday chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ydik».
Insonning tabiati shunday. Qilayotgan amallari uning o‘ziga go‘zal va ziynatli ko‘rinaveradi. Hatto butun insoniyat qabohat deb ittifoq qilgan ishni maqtashga so‘z topadi. Shuningdek, mushriklarga ham o‘z shirklari juda ham ziynatli bo‘lib tuyuladi. Ana shu e’tibordan ularning butlari haqoratlangan chog‘da g‘azablanishlari mumkin. Musulmon odam odobli bo‘lgani uchun ham bu ishni qilmasligi kerak. Allohga havola qilib qo‘yaversa, u yog‘ini Allohning O‘zi biladi.
«So‘ngra esa qaytishlari faqat Robblarigadir. Bas, U qilib yurgan amallarining xabarini berur».
Shunday ekan, musulmonning ko‘ngli to‘q bo‘lsin. Ammo mushriklar har doim yangi gap, yangi takliflar topib turadilar.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar