Jannat va do‘zax

Assalomu alaykum! Bir maruzada kelishicha Alloh Odam alayhissalomga qiyomatgacha bo‘lgan barcha ruhlarni ko‘rsatgan va ularning qay biri jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishini aytgan. Inson agar do‘zaxiy bo‘lsa bir umr ibodatda bo‘lib birgina yomon amali bilan do‘zaxga tusharkan yoki aksincha. Bu ham maruzada keltirilgan. O‘zim besh vaqt namoz o‘qiyman, yoshlikdan qolgan qarzlarimniyam o‘qishni boshladim. Allohdan jannatiylardan qilgin deb so‘rayman. Alloh ko‘rsatmasinu mabodo do‘zaxga tushadigan bo‘lsam xuddi jannat kabi do‘zaxniyam darajalari bormi? Do‘zaxga tushgan inson vaqtlar o‘tib jannatga qayta oladimi? Man ibodatimni to‘xtatmayman, lekin bu haqda o‘z tanishlarim va yaqinlarimgayam gapirmadim. Hamma har xil tushunadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz Allohdan faqat yaxshilikni umid qiling. Bir umr xolis ibodat qilgan zotlarning amalini Alloh zoe qilib qo‘ymaydi. O‘sha oxirida noto‘g‘ri ketadiganlar, bu dunyodagi amallarini zohirida Xudo uchun bo‘lsa ham aslida boshqasi uchun qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar