Qo‘rquvdan qutilish
Assalomu alaykum! Qo‘rquvni yo‘qotish uchun nima qilsa bo‘ladi? Men “La havla” degan duoni bilaman, bundan tashqari yana nimalar bor? Onam qo‘rqoq bo‘lganlari uchun, oilada hammamizda shu qo‘rquv bor. Yordam beringlar. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Oli Imron” surasi 175-oyatida marhamat qiladi :
Albatta, ana o‘sha – shayton o‘z do‘stlaridan qo‘rqitur. Bas, agar mo‘min bo‘lsangiz, ulardan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar.
Ya’ni «Odamlar sizga qarshi kuch to‘pladilar, ulardan qo‘rqinglar» degan xabardan qo‘rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o‘z yaqinlaridan qo‘rqitadi. Shayton o‘ziga ergashganlar sizning ko‘zingizga kuchli bo‘lib ko‘rinishini istaydi. Xuddi ulardan foyda yoki zarar etadigandek, ulardan qo‘rqishingizni xohlaydi. Agar haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz, ulardan qo‘rqmanglar, ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Ular foyda ham, zarar ham etkaza olmaydilar. Mendan qo‘rqinglar», – deydi Alloh taolo. Chunki haqiqiy foyda va zarar etkazuvchi faqat O‘zidir.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillaahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kechqurun bo‘lguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
«Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan.
Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda eru osmonda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir».(“Ruhiy tarbiya” kitobidan).
Mo‘min odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning va’dalariga ishonmoqligi, uni haq deb bilib, uni o‘qib yurmog‘i kerak va “shunday ham bo‘ladi” deb e’tiqod qilish kerak. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar