Nazl

Assalomu alaykum! Alloh taologa nazl qilingan bitta qo‘yni hammasini berib yuborish kerakmi yoki uni o‘zi bir qismini esa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo nazl emas, nazr bo‘ladi. Nazr ikki qismga bo‘linadi. Biri qurbonlik qilishga nazr bo‘ladi, ikkinchisi qo‘yni so‘yib, go‘shtini sadaqa qilishga nazr bo‘ladi. Faqat so‘yishgagina, ya’ni qon chiqarishga nazr qilish degan narsa yo‘q. Qurbonlikni narzr qilgan inson go‘shtidan eyish to‘g‘risida ulamolar ixtilof qiliganlar. “Badoe’ us Sanoe’” kitobining sohiblari : “Qurbonlik qilishni nazr qilgan bo‘lsa go‘shtidan eyaveradi” deganlar. Boshqa ulamolar “Nazr qilingan qurbonlikning go‘shtidan eyilmaydi” deganlar. Agar “Falon ishim bitsa” yoki “kasalim tuzalsa jonliq so‘yaman” deganlar, so‘yib hammasini faqir-miskinlarga tarqatib yuborishi vojib bo‘ladi. O‘zlarini undan eyishlari halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:09 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar