Qanaqa mazhab?

Assalomu alaykum! Bir toifa odamlarni qo‘llarini osmonga qaratib, baland ko‘tarib vitr namozini o‘qiganini ko‘rdim. Ular qaysi mazhabda bo‘lishlari mumkin? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Umar roziyallohu anhu qunutda ikki qo‘llarini ko‘tarar edi". Buxoriy rivoyati.
Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu vitrdan oxirgi rak’atda “Qul huvallohu ahad”ni o‘qir, so‘ng ruk’uga ketishdan oldin ikki qo‘lni ko‘tarib, qunut duosini o‘qir edi". Buxoriy rivoyati. Ushbu rivoyatlardan hanafiy mazhabi ulamolari, vitrda qunut uchun takbir aytib ikki qo‘lni ko‘tarishni sobit ekanligini olganlar. Lekin ular takbir aytib qo‘lni ko‘tarib, qaytib tushirib oladilar. Ushbu hadisdan hozirgi kundagi salafiylar qunut duosini boshidan oxirgacha qo‘lini ko‘tarib turishni olishgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar