Komissiya foizi haqida
Assalomu alaykum! Hozirda notariuslarda kassa mavjud emas. Odamlarning qo‘liga notarius xarajatlari sifatida kvitantsiya chiqarib beriladi. Kvitantsiyada ko‘rsatilgan summani faqat elektron pul sifatida to‘lov ilovalari orqali ( Payme, Paynet va boshqa) to‘lash mumkin. Ko‘pchilik notariusga qo‘lida naqd pul bilan kelishadi, shunda ularga o‘zizni kartada elektron pul bo‘lsa, o‘sha tepada aytilgan ilovalar orqali yoki bank orqali to‘lab o‘tkazishingiz mumkin deb tushuntiriladi. Lekin 99% odamni qo‘lida naqd pul. Bankka borishsa navbat katta, tezroq to‘lamasa, notariuslarda ham navbat katta. Mani kartalarimda elektron pulim ko‘p, haligi odamlardan naqd pulini olib, kvitantsiyalarini to‘lab bersam va bu xizmatim uchun kvitantsiyada ko‘rsatilgan umumiy summaga 3,5% komissiya qo‘shib berishlarini so‘rasam bo‘ladimi? Masalan, kvitantsiyada 525 000 so‘m bo‘lsa, man ulardan xizmatim uchun komissiya sifatida 3,5 foiz qo‘shib berasiz, yani 543 375 so‘m berasiz desam, ular rozi bo‘lishsa to‘gri bo‘ladimi? Shu ishimda ribo aralashib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
20 Iyul 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!
20 Iyul 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat