Dillerlik
Assalomu alaykum! Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Boshqa yurtdan o‘zimizga kley mahsulotini olib keladigan odamlar bor. U kley mahsuloti har xil firmalarniki bo‘lib, ular har xil davlatlardan keladi. Mahsulotlar asosan bir vazifani bajaradi. Men qaysidir bir firmani tanlab, o‘sha firma bilan shartnoma qilib, “bu markani faqat menga sotasan” deb kelishib, yurtimizga olib kelib, saqlamasdan bozorga va bashqa raqobatchilarimga qarab bir narxni begilab sotsam bo‘ladimi? Bir markani egallab olishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslini olganda dillerlik joiz. Agar odamlarning hayoliga kelmagan, ular uchun manfaatli biror yangilikni yurtimizga olib kirsayu, xalqning manfaatini o‘ylasa bu qanday ham yaxshi. Lekin bunda shu ishni amalga oshiruvchining shaxsiy foydasi birinchi o‘ringa qo‘yilgan bo‘ladi. Bir markani egallab olmasdan ko‘pchilik olib kelishda esa raqobat bo‘lib, bunda narx pastlab xalqning manfaati yuqori turadi. Dillerlikda bir jihatdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : «Hech biringiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ham ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi» hamda «O‘zing uchun yaxshi ko‘rgan narsangni ularga ham ilinmog‘ing, o‘zingi uchun karih ko‘rgan narsani ularga ham karih ko‘rmog‘ing» degan hadislariga ziddiyadlik ham ko‘zga tashlanadi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar