Ixtiyoriy bo‘lmagan qurbonlik

Assalomu alaykum! Nisobga etgan mablag‘im bor qurbonlik qilishni istaymanu lekin bazi ehtiyojlarga zarurat tug‘ilib qolsachi deb o‘ylab qolaman. Ayolim esa qurbonlik qilishimni talab qilyabdi. Yaqinda bir odamdan agar moli nisob darajada bo‘la turib ham oila a’zosidagilar biror narsaga ehtiyojmand bo‘lsalar, qurbonlik qilishi mumkin emas. Avvalo oila azolarini extiyojini to‘ldirishi zarur dedi. Deylik shu ehtiyojlar ayoliga yangi ko‘ylak, tilla taqinchoq yoki farzandiga yangi rusumdagi o‘yinchoq shunga o‘xshash narsalar, lekin avvalgilari ham yaroqli holda, shunchaki bu ularning ko‘ngil istaklari. Shularni olib bermasamda qurbonlik qilishim mumkunmi? Albatta ularni roziligi bilan. 2). O‘zimda u darajada ixtiyor bo‘lmasaku ayolimni iltimosi bilan qurbonlik qilsam Alloh taoloni huzurida qurbonligim qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nisobga qodir bo‘lib, qurbonlik qilmagan inson vojibni tark qilgan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday kishilar haqida Imom Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja va al-Hokimlar rivoyat qilgan hadisda «Kim imkonga ega bo‘lib turib, qurbonlik qilmagan bo‘lsa, zinhor namozgohimizga yaqinlashmasin», deganlar. Bu musulmon uchun o‘ta og‘ir gap. Ehtiyojni eng yuqorisi uy bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham nisob egasi uyi bo‘lmaganida ham qurbonlik qilishi vojib. Bir odam deganingiz Alloh va rasuli tomonidan yolg‘on gapiribdi. U kishi oxiratidan ehtiyot bo‘lsin. 2). Sizga jon va molni ato qilgan Zotga zimmangizdagi vojib qurbonlik qilishga ixtiyor bo‘lmasligi sizni qanday inson ekanligingizga kifoya qiladi. O‘zingizni o‘nglang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar