Qancha suv ishlatilinadi?
Assalamu alaykum! Ustozlar insonlarning eng suyuklisi bo‘lmish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tahoratlariga qancha, g‘usllariga qancha miqdorda suv ishlatganlar? Agar imkon bo‘lsa tushintirib bersangizlar? In shaa Alloh sunnatga muvofiq tahorat qilishni juda ham hoxlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه يَقُولُ: كَانَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم يَغْتَسِلُ بِالصَّاعِ إِلَى خَمْسَةِ أَمْدَادٍ وَيَتَوَضَّأُ بِالْمُدِّ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir so’dan besh muddgacha (bo‘lgan suv) bilan g‘usl qilar edilar va bir mudd bilan tahorat qilar edilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: «So’» – 2,75 litr suv sig‘adigan idish. Bir mudd suv esa 0,688 litr bo‘ladi. Demak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kamida 2,75 litr suv bilan, ko‘pi bilan 3,440 litr suv yordamida g‘usl qilganlar va 0,688 litr suv bilan tahorat qilganlar.
Bu hadisni tahoratning odoblari bobida keltirishdan maqsad, tahoratda suvni iloji bo‘lsa, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ishlatgan miqdorda ishlatsak, odobni joyiga qo‘ygan bo‘lamiz, deyishdir. Bunda er yuzidagi hayotning muhim omili bo‘lmish suvni tejash targ‘iboti ham bor.
Bir vaqtlar «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam suv o‘ta tanqis joyda yashaganliklari uchun shunday qilganlar», degan fikr ham bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tib, hayot o‘zgarishi tufayli suv o‘ta serob joylarda ham muammolar paydo bo‘lmoqda. Hatto dengizlar ham qurib qolmoqda. Bu esa kattayu kichik har bir narsada suvga nisbatan nihoyatda tejamkor bo‘lish zaruratini keltirib chiqarmoqda.(Hadis va Hayot). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 138 | Tahorat