Ishid to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, sizlarga muhim savolim bor edi. Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida “Shomga marhabo” deb gruppa ochishibdi. Yoshlarni ongini zaharlashmoqchi, hattoki bizni olimlarimizni haqorat qilishmoqda. Qanday vaxshiylik, shularga qarshi chora ko‘rmasa bo‘lmaydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xurayotgan itga “jim bo‘l” desangiz jazavaga tushib battar xura boshlaydi. Agar maqsad ularni kim ekanligini xalqqa tanishtirish bo‘lsa, bu borada Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf  rahimahullohning “Ochiq xat” nomli kitoblari har qadamda ularni asl basharasini ko‘rsatib qo‘ygan. Har kuni televideniya, radio va internet orqali Shom xalqi o‘zining issiq uyi, bola-chaqasidan ajrab, hamma narsalarini tashlab qayiqqa o‘tirib dengizda qochayotgani, etib olmasdan cho‘kib ketayotgani, etib borgani ham xoru zor bo‘lib yurgani haqida xabarlar ommaga etkazilmoqda. U erga borish kerak bo‘lsa, o‘zlari o‘sha erda qolmasmidi? Bularning barchasini ko‘rib, bilib turib ham haqiqatni ko‘rmasa, unday “ko‘r”larning ishi qiyin. Alloh taolo qalbi ko‘rlar haqida “Haj” surasida marhamat qiladi : أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَا أَوْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى الْأَبْصَارُ وَلَكِن تَعْمَى الْقُلُوبُ الَّتِي فِي الصُّدُورِ۝ 46. Er yuzida yurmaydilarmi, shunda ularda aql yuritadigan qalblar yoki eshitadigan quloqlar bo‘lardi. Zero, albatta, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, ko‘kslardagi qalblar ko‘r bo‘lur. O‘sha kofirlar er yuzida aylanib yurganlarida, o‘tgan kofirlardan qolgan izlarni ko‘rar edilar. Ularni ko‘rib, tafakkur qilganlarida, qalblari ta’sirlanib, aqllari kirar edi. Shifti qulab tushgan uylar, tashlandiq quduqlar, huvillab qolgan qasrlar ularga ibrat bo‘lardi. Ko‘rganlaridan xulosa chiqarib, aqllarini peshlab olar edilar. Ha, «Er yuzida yurmaydilarmi, shunda ularda aql yuritadigan qalblar yoki eshitadigan quloqlar bo‘lardi» Shuningdek, kofirlar er yuzida aylanib yurganlarida, odamlardan o‘tgan zolim kofir qavmlar nima uchun va qanday qilib halokatga uchraganlari haqidagi rivoyatlarni eshitar, ulardan ibrat olar edilar. «Zero, albatta, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, ko‘kslardagi qalblar ko‘r bo‘lur». Ko‘r qalblarni ochish uchun esa ibrat ola bilish kerak. Lekin, ey Muhammad, ular ibrat olishning teskarisiga ish qilmoqdalar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Ustozlar haqida tuhmatlar qilinganda Alloh taolo Oisha onamizga tuhmat qilinganda “Nur” surasida nozil qilgan oyatiga barchamiz amal qilishimiz kerak. إِنَّ الَّذِينَ جَاؤُوا بِالْإِفْكِ عُصْبَةٌ مِّنكُمْ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّا لَّكُم بَلْ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ لِكُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُم مَّا اكْتَسَبَ مِنَ الْإِثْمِ وَالَّذِي تَوَلَّى كِبْرَهُ مِنْهُمْ لَهُ عَذَابٌ عَظِيمٌ۝ 11. Albatta, ifkni keltirganlar o‘zingizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni o‘zingiz uchun yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o‘zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan uning kattasini ko‘targan kimsaga buyuk azob bordir.   لَوْلَا إِذْ سَمِعْتُمُوهُ ظَنَّ الْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بِأَنفُسِهِمْ خَيْرًا وَقَالُوا هَذَا إِفْكٌ مُّبِينٌ۝ 12. U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda mo‘minlar va mo‘minalar o‘zlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» – desalar bo‘lmasmidi?! (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Ya’ni yurtimiz tinchligiga, olimlarimiz sha’nlariga nojo‘ya gaplar bo‘lganda “Olimlarimiz nima deysizlar” deb o‘tirmay, hamma o‘zini mo‘min deb bilgan kishi oyatdagidek «Bu ochiq-oydin ifk-ku(bo‘hton) deyishi kerak. Ya’ni bunga faqat olimlar emas, balki har bir o‘zini mo‘min deb bilgan odam qarshi turishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:10 | Savol-javoblar | 156 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar