Nozik masala

Assalamu alaykum! Hurmatli "Zikr ahlidan so‘rang". Sizlarga bermoqchi bo‘lgan savolim hayotimizda uchrab turadigan vaziyatlardan biri. Bir qo‘shni qizga sovchi kelsa, biz uni "yaxshi emas"ligini bilsak, kelgan sovchilar bizdan u qiz haqida surishtirishsa, ularga nima deb javob berishimiz kerak? Ba’zilar "Bilmayman deyish kerak" deyishadi. Menimcha bu ham echim emas. Chunki birinchidan bu ham yolg‘on, ikkinchidan yaqin qo‘shni haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz tabiiy hol. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak? Javobingiz uchun rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي سلمة عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم المستشار مؤتمن
قوله : ( المستشار مؤتمن ) أي : أمين فلا ينبغي له أن يخون المستشير بكتمان المصلحة والدلالة على المفسدة
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Maslahat so‘ralgan kishi omonatdordir" deganlar. (Abu Dovud, Termiziy va Ibni Moja rivoyati).
Ulamolar bu hadisni sharhlab, “Maslahat so‘ralayotgan kishi, maslahat so‘rovchiga to‘g‘risini yashirib, noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, xiyonat qilishi joiz bo‘lmaydi” deganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar