Tush xakida

Assalomu alaykum shayx xazratlari. Men shifokorman. Mening bir bemorim miokard infarkti bilan davolanayotgan edi. Axvoli ogir edi. U infarkt bulishidan oldin jiddiy kasal bulmagan ekan. U kasallanishidan bir necha oy oldin tush kurganini, unda bir karindoshining va undan bir kancha vaktdan keyin uzining ulganini kurganini aytdi. Karindoshim bir necha oy oldin vafot etdi, endi men xam ulaman. Senga buni aytishdan maksadim, meni murdamni patologoanatomik tekshiruvga bermagin, shunga va’da bergin, dedi. Bemorning axvoli bir kancha yaxshi tomonga uzgara boshladi, birok u bir necha marta shu iltimosini kaytardi. Men xamma narsa xudoning kulida, kim kachon ulishini Allox biladi. Mana, axvolingiz yaxshilanib boryapti, deyishimga karamay, iltimos kilaverdi (bemor musulmon emas). Men albatta va’da berdim. Bir necha kundan keyin bemorning uykusida kukkisdan ulim yuz berdi. Men tushdagi narsalarga ishonmas edim. Ushbu vokea meni uylantirib kuydi. Men kaerdadir ukigan edim, yaxshi tushlar Alloxdan, yomon tushlar shaytoniy buladi deb. Umuman, tushdagi vokea sodir bulishi islomda bor narsami yoki ushbu vokea tasodifmi? Javobingiz uchun raxmat. Allox barchamizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Hadis va Hayot”ning “Tush va masallar” kitobini o‘qing.

1 May 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 191 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar