Salavot ma’nosi

Assalamu alaykum! “Hadis va Hayot”, “islom.uz” saytlaridan salovot haqida batafsil ma’lumot oldim, lekin “Salli”, “Barik” so‘zlarini baribir tushunmayabman. Ular haqida soddaroq tushuntirsangizlar. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nimani yuborayapmiz? “Ala oli”ga hozirgi yashab turgan solih avlodlari ham kiradimi? Yana Ibrohim alayhissalom va u kishining "oli"lariga bo‘lganidek salovot bo‘lsin deyilayaptimi yoki ularga ham salovot yuborayapmizmi? Savolimda nuqsonlar bo‘lsa uzr, sevikli Payg‘ambarimizga Salovotlar bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!  عَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ  رضي الله عنه قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ  صلي الله عليه وسلم يَقُولُ فِي الصَّلَاةِ: «اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَآلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَالشَّافِعِيُّ وَاللَّفْظُ لَهُ.
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda:
«Allohumma solli ’alaa Muhammadin va alaa aali Muhammadin, kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohima. Va baarik ’alaa Muhammadin va aali Muhammadin, kamaa baarokta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohiyma. Innaka hamiidun majiid», der edilar».
Beshovlari va Shofe’iy rivoyat qilishgan. Lafz o‘sha kishiniki.
Tashahhuddan keyin salovot aytish sunnatdir.
Salovotning siyg‘asi ham turli hadislarda turlicha kelgan, ana o‘shalardan birini aytilsa bo‘ladi.
«Allohumma solli ’alaa Muhammadin» – «Allohim! Muhammad alayhissalomga O‘zingning ziyoda rahmatlaringni nozil qilgin».
«Va alaa aali Muhammadin» – «Muhammadning oila a’zolariga ham».
«Kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohima» – «Xuddi Ibrohimga va Ibrohimning oila a’zolariga O‘z rahmatingni nozil qilganingdek».
«Va baarik ’alaa Muhammadin va aali Muhammadin» – «Muhammadga va Muhammadning oila a’zolariga o‘z barakangni nozil qil».
«Kamaa baarokta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohiyma» – «Xuddi Ibrohimga va Ibrohimning oila a’zolariga O‘z barakangni nozil qilganingdek».
«Innaka hamiidun majiid» «Albatta, Sening O‘zing maqtalgan, ulug‘langan Zotsan».(“Kifoya” kitobidan).
Ala oli”ga hozirgi yashab turgan solih avlodlari ham kiradi. وذهب زيد بن أرقم إلى أنهم من تحرم عليهم الصدقة، وهم آل علىٍّ، وآل عقيل ، وآل جعفر، وآل العباس ، وهو الراجح.
قال السيوطى: هؤلاء هم الأشراف حقيقة فى سائر الأعصار وهو ما عليه الجمهور، وهو معنى رواية مسلم عن زيد بن أرقم قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: (أما بعد..أيها الناس إنما اًنا بشر يوشك أن يأتينى رسول ربى فأجيب ، وأنا تارك بينكم ثقلين: أولهما: كتاب الله ، فيه الهدى والنور، فخذوا بكتاب الله واستمسكوا به) فحث على كتاب الله ورغب فيه ، ثم قال: (وأهل بيتى، أذكركم الله فى أهل بيتى) قالها ثلاثًا، فقال له حصين: ومن أهل بيته يا زيد؟ أليس نساؤه من أهل بيته؟ قال: نساؤه من أهل بيته ، ولكن أهل بيته من حرم الصدقة بعده ، قال: ومن هم؟ قال: آل علىّ، وآل عقيل ، وآل جعفر، وآل العباس رضى الله عنهم.
Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli baytidan murod, sadaqa eyish harom bo‘lgan kishilardir. Ular Ali, Aqil, Ja’far, Abbos roziyallohu anhumlarning avlodlaridir". Shu gap rojih gapdir. Imom Suyutiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avlodlari barcha zamonda ham haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli bayti hisoblanadilar. Muslim rivoyat qilgan hadisda : Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Ammo ba’d, ey odamlar, men ham basharman. Yaqinda Robbimning rasuli huzurimga keladi, men unga ijobat qilaman. Orangizda ikki og‘ir narsani qoldirib ketuvchiman. Ulardan biri Allohning Kitobi. Unda hidoyat va nur bordir. Allohning Kitobini oling va uni mahkam ushlang”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning Kitobiga chaqirib, unga targ‘ib qildilar. So‘ng : “Ahli baytim haqida sizlarga Allohni eslataman” degan gapni uch bora takrorladilar. Husoyn : “Ey Zayd, u zot sollallohu alayhi vasallamning ahli bayti kimlar? Ayollari ahli bayti emasmidi?” dedi. Zayd : “Ayollari ahli baytidan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin sadaqa harom bo‘lgan kishilar ham u zotning ahli baytidandirlar” dedi. Husoyn : “Ular kim” dedi. Zayd ibn Arqam “Ular Ali, Aqil, Ja’far, Abbos roziyallohu anhumlarning avlodlaridir” dedi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:38 | Savol-javoblar | 195 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar