Qur’on bittami?
Assalomu alaykum! Kechaginda bir oyatni ikki xil tarjima qilganlarni ko‘rdim. Baqara surasi 162-oyatining Shayx Abdulaziz Mansur qilgan tarjimasida "...va ular (jazo vaqtidan) kechiktirilmaslar" deb tarjima qilingan. Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf roximaxullox qilgan tarjimada esa "...va ularga nazar ham solinmas" deb tarjima etilgan. Bu ikki olimning bir oyatni ikki xil tarjima qilishlarini men tushunmadim. Masalan rus tilidagi "On plakal" degan jumlani o‘zbek tiliga "U yig‘ladi" deb tarjima qilsak xam to‘g‘ri bo‘ladi "U ko‘z yosh to‘kdi" deb tarjima qilsak xam to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo ular umuman boshqa-boshqa ma’nolarni keltirganlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Arab tili lug‘atini qo‘lingizga olib o‘rgansangiz bitta so‘z bir necha ma’nolarni ifoda qilishini ko‘rasiz. Alloh taolo oyat nozil qilgan va undan nimani iroda qilganini sharhlab qo‘ymagan. O‘rni kelganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zilarini sharhlaganlar, qolganlarini mufassir olimlar “bu ma’noni ham ehtimol qiladi, bu ma’noni ham ehtimol qiladi” deb tafsir qilganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 157 | Qur’oni karim