Fir’avn
Assalomu alaykum! Men “Muso alayhissalom davridagi Fir’avn dengizda cho‘kkandan keyin, uning murdasi hech qanday mo‘miyosiz to qiyomatgacha turadi” deb eshitgandim. Ayni paytda o‘sha Fir’avn qaerda? Noto‘g‘ri mazmundagi savol bergan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz eshitgan narsa oyati karima bo‘lib, Alloh taolo “Yunus” surasi 92-oyatida marhamat qiladi :
فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ آيَةً وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ عَنْ آيَاتِنَا لَغَافِلُونَ
92. Bugun seni badaningla qutqaramiz. Toki o‘zingdan keyingilarga oyat (ibrat) bo‘lgin. Albatta, ko‘p odamlar oyatlarimizdan g‘ofildirlar.
Sog‘lik-salomatlik, kuch-quvvat, molu mulk, hukm, mansab va boshqa imkoniyatlar borligida qilarini qilib yurgan har qanday odam ham o‘limiga ko‘zi etib qolganida Xudoni eslaydi. Lekin buning foydasi yo‘q. Bu haqiqat o‘sha toifadagi kishilarga ularning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Fir’avn misolida tushuntirilmoqda.
«Endimi?! Oldin isyon qilgan va buzg‘unchilardan bo‘lgan eding-ku?!» – deb avvalgi qilganlari yuziga solinmoqda.
«Bugun seni badaningla qutqaramiz».
Joningni emas. Joningni olamiz. Boshqalar kabi o‘lasan. Chunki sen ham oddiy ojiz bandasan. Ammo jasadingni qutqaramiz. Baliqlar ham emaydi. Suvga oqib ham yo‘q bo‘lmaydi. Boshqa sabab bilan ham yo‘q bo‘lib ketmaydi.
«Toki o‘zingdan keyingilarga oyat (ibrat) bo‘lgin».
Shunchalar mulkka ega bo‘lsang ham, qancha katta da’volar qilgan bo‘lsang ham, askarlaring shu qadar ko‘p bo‘lsa ham, baribir Allohning azobidan qutula olmaganingni ko‘rib, ibrat olsinlar. O‘lik holdagi jonsiz jasading suv ustida chorasiz qalqib, oqib yurganini hamma ko‘rsin. Hamma ko‘rib, «Holing shu ekan-ku», – desin.
«Albatta, ko‘p odamlar oyatlarimizdan g‘ofildirlar».
Shuning uchun ham Bizning aytganimizda yurmay, o‘zlarini turli yo‘llarga uradilar.
Rivoyatlarda kelishicha, o‘sha Fir’avn va uning askarlarini Alloh taolo halok qilib, Muso alayhissalom va mo‘minlarni qutqargan kun «Oshuro» kuni – Muharram oyining o‘ninchi kuni ekan.
Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga yangi kelgan vaqtlarida yahudiylar Oshuro kunining ro‘zasini tutar edilar. Ul zot ulardan:
– Bu ro‘zasini tutayotgan kuningiz qanday kun? – deb so‘radilar. Ular:
– Bu kun Muso Fir’avndan ustun kelgan kun, – deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarga:
– Sizlar ulardan ko‘ra Musoga haqliroqsizlar, o‘sha kunning ro‘zasini tutinglar, – dedilar».("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Jasadini qaerdaligi haqida “google”ga kirib qidirsangiz batafsil ma’lumot olasiz. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:39 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar