Qo‘shimcha daromad yoki ona xizmati

Assalomu alaykum! Biz oilada uch kishimiz men opam va onam. Men Alxamdulillax tibbiyot o‘quv yurtida talabaman. Bizni qurulish mollari sotadigan do‘konimiz bor. Men tovar olib kelaman, onam esa do‘konda turadilar. Bu erkaklarni ishi, ammo meni otam vafot etganlar, o‘qishni to‘xtatib do‘kon ishini qolimga olay desam onam unamaydilar, do‘kon ortidan o‘qish xarajatlarim bir ikki ishlar qilib turibman, undan tashqari onam keksayganlar, boshka daromadga kelsak onamni nafaqalari bor, ammo xammamiz unga qarab qololmaymiz. Shu xolatimda men gunoxkor bo‘lamanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangizni shariat chegaralarida turib savdo qilishi joiz. Bunda siz gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar