Aroq ichmaslik uchun ichilgan qasam
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Hozir biz tamonlarda aroq ichishdan qaytarish uchun Qashqadaryoga olib borib o‘qitish juda avj olgan. Ya’ni buni “01” der emish. U erda bolalari, molu dunyosini o‘rtaga qo‘yib, qasam ichirar ekan. Bu ishga shariatimiz qanday qaraydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyida sizga Ustozimizning “Kifoya” kitoblaridan iqtibos keltiramiz.
Qasam uch turlidir:
1. Kishining o‘tgan narsani qilgani yoki tark etganiga qasddan yolg‘on qasam ichishi g‘amusdir. U ila gunohkor bo‘ladi.
«Famus» so‘zi lug‘atda «cho‘milish», «ko‘milish» degan ma’nolarni anglatadi. Chunki unday botil qasam o‘z egasining jahannam oloviga cho‘milishiga, ko‘milishiga sabab bo‘ladi.
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «الْكَبَائِرُ الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَالْيَمِينُ الْغَمُوسُ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Gunohi kabiralar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va g‘amus qasamdir», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
عَنْ عَبْدِ الله ِ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ كَاذِبَةٍ، ليَقْتَطِعَ بِهَا مَالَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ، أَوْ مَالَ أَخِيهِ، لَقِيَ اللهَ وَهُوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ»، فَأَنْزَلَ اللهُ تَصْدِيقَهُ: ﮋ إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً ﮊ إِلَى آخِرِ الْآيَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir musulmon odamning (yoki «o‘z birodarining», dedilar) molini uzib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U Zot undan g‘azablangan holda bo‘lur. Bas, Alloh o‘shaning tasdig‘ini: «Alohning ahdini va o‘z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar – albatta, ana o‘shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo‘qdir», deb nozil qildi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ مَصْبُورَةٍ كَاذِبًا، فَلْيَتَبَوَّأْ بِوَجْهِهِ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ.
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yolg‘ondan lozim qiluvchi qasam ichsa, o‘zining do‘zaxdagi o‘rindig‘iga tayyorlanaversin», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
2. O‘shanda o‘zi haq ekanini gumon qilsa-yu, ish aksincha bo‘lsa, qasam behudadir. Bunda afv etilishi umid qilinadi.
Hanafiy va molikiy mazhablari bo‘yicha, kishi bir narsani to‘g‘ri deb gumon qilib qasam ichsa-yu, noto‘g‘ri chiqib qolsa, uning aytganlari «behuda qasam» bo‘ladi. Bu holatda unga na gunoh va na kafforat bo‘lmaydi.
Til o‘rganib qolganidan o‘ylamay-netmay ichiladigan qasamga ham «behuda qasam» deyiladi. Ayniqsa, arablarda «qasam» lafzi oson chiqadi. So‘z orasida ham «Vallohi», «Billaahi», «Tallohi», deb yuboraverishadi. Bunda qasam ichish niyati umuman bo‘lmasa ham, til o‘rganib qolgan bo‘ladi.
Turkiy xalqlarda har narsaga «Xudo ursin», deyaverish ham shunga o‘xshaydi.
Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalardan birlari bilan yo‘lda ketayotib, ov qilayotgan kishilarning oldidan o‘tib qolishdi. Shunda:
«Allohga qasamki, urdim», «Allohga qasamki, xato qildim», degan ovozlar eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan ketayotgan kishi: «Qasamxo‘r bo‘lishdimi?» deb so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo‘q, ovchilarning qasami behuda bo‘ladi. Kafforat ham, uqubat ham yo‘q», dedilar.
Demak, behuda qasam kechirilgandir, uning uchun hech qanday gunoh ham, jazo ham yo‘q. Lekin musulmonlik odobi ko‘p qasam ichmaslikni taqozo qiladi.
عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا فِي قَوْلِهِ تَعَالَى: ﮋ لاَّ يُؤَاخِذُكُمُ اللّهُ بِاللَّغْوِ فِيَ أَيْمَانِكُمْ ﮊ قَالَتْ: أُنْزِلَتْ فِي قَوْلِهِ: لَا واللهِ، بَلَى وَاللهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.
Oisha roziyallohu anhodan Alloh taoloning: «Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas», degan qavli haqida rivoyat qilinadi:
«Bu oyat birovning «Yo‘q, vallohi!» va «Ha, vallohi!» kabi gapi haqida nozil qilingan».
Buxoriy rivoyat qilgan.
وَعَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «هُوَ كَلَامُ الرَّجُلِ فِي بَيْتِهِ: كَلَّا وَاللهِ، وَبَلَى وَاللهِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U (behuda qasam) – kishining o‘z uyida «Yo‘q, vallohi!» va «Ha, vallohi!» deyishidir», dedilar».
Abu Dovud, Ibn Hibbon va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.
3. Agar kelajak narsaga qasam ichsa, qasam bog‘lanadi. Mana shu qasamdagina qasamxo‘r bo‘lsa, kafforat o‘taydi. Agar qasamni yoki qasamxo‘rlikni unutib yoki majburlanib qilgan bo‘lsa ham.
Odatda oddiy qasam xuddi shu qasam hisoblanadi. Bunday qasam ichgan odam qasamiga sodiq qolishi lozim. Agar qasamida turmasa, qasamxo‘r bo‘ladi va gunoh sodir etgan hisoblanib, kafforat berishi vojib bo‘ladi.
Alloh taolo Baqara surasida:
لاَّ يُؤَاخِذُكُمُ اللّهُ بِاللَّغْوِ فِيَ أَيْمَانِكُمْ وَلَكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا كَسَبَتْ قُلُوبُكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ
«Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qalblaringiz kasb qilgan narsa uchun tutadir. Va Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta hilmlidir», degan (225-oyat).
Qasam «Alloh» lafzi bilan yoki Rohman, Rohiym va Haq kabi ismlaridan biri bilan yoxud Alloh taoloning qasam ichsa bo‘ladigan izzati, jaloli, kibriyosi, azamati va qudrati kabi sifatlaridan biri bilan bo‘ladi.
Nabiy, Qur’on, Ka’ba kabi Allohdan boshqa narsalar bilan va rahmati, ilmi, rizosi, g‘azabi, achchig‘i va azobi kabi urfda qasam ichib bo‘lmaydigan sifatlari bilan bo‘lmaydi.
Chunki mazkur lafzlar bilan qasam ichish urfda yo‘q. Buning ustiga, misol uchun oladigan bo‘lsak, rahmat deganda gohida yomg‘ir yoki jannat kabi uning turli ko‘rinishlari iroda qilinadi. Bu holda Allohdan boshqa bilan qasam ichilgan bo‘lib qoladi. Bu erda zikr qilingan boshqa sifatlarning barchasi ham shunga o‘xshashdir.
Kishining «La amrullohi», «Va aymullaahi», «Va ahdillaahi va miysaqihi», deyishi, «qasamki», «ontki», «ashhadu», deganidan keyin «billaahi»ni aytmasa ham, «Zimmamda nazr, yamin, ahd bor», deganida «Alloh uchun», demasa ham qasamdir.
Mazkur lafzlar va uslublar bilan qasam ichish odatda arablarga va arab tiliga xosroqdir.
Agar falon narsani qilsa u kofir ekanligini aytsa, agar kofir bo‘lmasa ham, o‘tgan zamonga bog‘ladimi yoki kelasiga, baribir qasamdir.
Chunki kufrni bir fe’lga bog‘lash o‘sha fe’lni harom qilishdan iboratdir. Halolni harom qilish esa qasam hisoblanadi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Kim yahudiy yoki nasroniy bo‘lish haqida ont ichsa, qasamdir», degan.
«Savgand mixo‘rem ba Xudoy» ham qasamdir.
Ya’ni arab tilidan boshqa tilda kelasi zamon fe’lida «Xudo bilan qasam ichamanki», desa ham qasam bo‘ladi.
«Haqqan», «Allohning haqqi-hurmati», «Savgand xo‘ram ba Xudoy» yoki «ba taloqi zan», desa yoki agar falon ishni qilsa, unga Allohning g‘azabi, achchig‘i yoki la’nati bo‘lishini aytsa, yoxud «Falon ishni qilsam, men zinokor yoki o‘g‘ri, yoxud aroq ichuvchi-yu, riboxo‘r bo‘lay», desa, qasam bo‘lmaydi.
Chunki bu ishlarning birortasi bilan qasam ichish urfda bo‘lmagan va ularning qasamdan boshqa ma’noni anglatishi kuchlidir.
Qasam harflari «vov», «bo» va «to»lardir. Gohida «Allohi la afa’lanna»dagiga o‘xshab u yashirin suratda ham ishlatiladi.
Arab tilida qasam turli uslublar bilan bo‘ladi. Ochiq qasam ichish ma’nosidagi so‘zlar bilan yoki qasam harflari, jumladan, «vov», «be», «to» harflari bilan.
Qur’oni Karimning bir qancha suralari qasam bilan boshlangan. Ularda qasam lafzlari ishlatilmaydi, balki qasam harflarining o‘zi kifoya qiladi. Misol uchun, Naaziaat surasidagi «Van-Naaziaati» – «Naaziaat bilan qasam ichaman», deganidir. Allohdan o‘zga narsalar bilan qasam ichish Allohning O‘ziga xosdir. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar