Tijorat taklifi

Assalomu alaykum! Chet el kompaniyasida ishlayman. Xabar topishimcha kompaniyamiz bitta texnikani ijaraga olmoqchi bo‘libdi va bir ikkita firmalar tijorat takliflarini berishibdi. Bu ishning umuman menga aloqasi yo‘q, lekin shunday bo‘lsa ham qiziqib bu texnikani internetdan qidirib ko‘rdim va oldingi tijorat takliflaridan ko‘ra arzonroq taklif chiqib qoldi. Internetdan topgan tashkilotim rahbari “sizning ham xizmat xaqqingizni chiqarib beraman” desa va boshqa barcha tijorat takliflaridan arzon narxga tijorat taklifi qilib bersa va bu tashkilot bilan kompaniyamiz shartnoma tuzsa, ushbu tashkilotning menga beradigan xizmat xaqqi menga halol bo‘ladimi? Javoblaringiz uchun avvaldn rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni holatingiz quyidagi linkda berilgan holatga tushsa joiz. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/maqola/602

2 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar