Ish yurishish
Assalamu alaykum! Mening hamma ishlarim Xudoga shukr shu kunlargacha juda yaxshi edi. Oilam ham o‘ziga to‘q, obro‘-e’tiborli edik. Men chet-elda juda yaxshi joyda o‘qirdim, bir odamga nima kerak bo‘lsa hamma narsam bor edi. Lekin na Xudoni tanirdim va na iymon kalimalarini bilar edi. Nima bo‘ldiyu hammasi chappasiga ketdi. Tugatishga bir yil qolganda o‘qishdan xaydalib, qaytib keldim. Uyimizdan baraka yo‘qoldi, oilam ham buzilib, xotinim bilan ajrashdim, yonimda do‘stlar kamaydi. Hozir hech narsam yo‘q. Sog‘ligim ham nimagadir yomon, kechalari baqirib chiqaman. Qancha domlalarga o‘qittirdik foyda kam. Menga “ichishni tashla” deb ayishdi, mana anchadan beri yaxshi yo‘lga kirdim. Lekin bari bir ishlar yurishmayapti. Nimaga endi “ichib, yomon yo‘lda yursa, baraka qochadi” diyishadi, lekin shuncha yurgan odamlarchi? Birdaniga sinish yomon ekanda. G‘alati savol uchun ming bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Qalam” surasi 44-45-oyatlarida marhamat qiladi : فَذَرْنِي وَمَن يُكَذِّبُ بِهَذَا الْحَدِيثِ سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ
44. Bu gapni yolg‘onga chiqaruvchilarni O‘zim bilan qo‘yib qo‘y. Biz ularni o‘zlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.
Ya’ni Alloh taoloning dargohi keng, O‘ziga kufr keltirganlarni ham, gunohkorlarni ham tek qo‘yib qo‘yadi. Darhol azoblashga o‘tmaydi, balki asta-sekin azoblaydi. Kishilar esa o‘z qadrini mol-dunyo, mansab bilan o‘lchaydilar. Mening fazlim bo‘lmasa, shuncha boyligim bo‘larmidi, shunchalik mansabga ko‘tarilarmidim, deb o‘ylaydilar. Oxiratni unutadilar. Alloh taolo esa shoshilmaydi, mag‘rur banda har gal gunoh qilganda, uning boyligini yoki mansabini oshirib qo‘yadi. Natijada bandaning aybi ko‘payib borishiga qaramasdan, o‘zining qayoqqa ketayotganini sezmaydigan bo‘lib qoladi va oqibatda oyatda zikr qilingan holatga tushib qoladi.
Ulamolarimiz: «Asta-sekin olishning bir turi shulki, gunohkor bir gunoh qilganda Alloh taolo uning martabasini bir pog‘ona oshirib qo‘yadi va shunday qilib, u o‘zining halokatli holatga duchor bo‘lganini sezmay qoladi», – deydilar.
وَأُمْلِي لَهُمْ إِنَّ كَيْدِي مَتِينٌ
45. Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.
Ya’ni «Ularni bir muhlat qo‘yib qo‘yaman. Umrlarini uzun qilaman, toki gunohlari ziyoda bo‘lsin».
«Albatta, Mening hiylam metindir».
Ya’ni «Mening kofirlardan o‘ch olishim kuchli, shiddatlidir».
Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda: «Albatta, Alloh zolimga muhlat beradi. Tutganida esa u qochib qutula olmaydi», – deyilgan.
Ushbu oyatda Alloh taoloning kofir va osiylarni darhol jazolamay, balki yaxshilik qilib, tek qo‘yib qo‘yishi «hiyla» deb nomlanmoqda, chunki bu ish hiyla shaklida bo‘lmoqda. Shuningdek, bu ish boshqa joyda «darajama-daraja olish» deb ham nomlangan.
O‘sha kofir, zolim va osiylarga beriladigan keng rizqlar, uzun umrlar, badan sog‘ligi tashqaridan yaxshilik bo‘lib ko‘rinadi. Ichkaridan esa balodir. Chunki asosiy maqsad ularni o‘shalar tufayli iqob va azobga olishdir.
("Tafsiri Hilol" kitobidan).
“Xislatli hikmatlar sharhi” kitobidan “ATO SURATIDAGI MAN ETISh
VA MAN ETISh SURATIDAGI ATO” hikmatini o‘qing. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar