Uzunlik o‘lchovida ribo

Assalomu alaykum! «Kifoya» kitobining «Ribo fasli»da son, uzunlik o‘lchovi bilan o‘lchanadigan narsalar riboviy mollar hisoblanmaydi deyilgan. Birdona tuxumni ikkitasiga, bir metr matoni o‘z jinsidagi bir yarim metr matoga almashtirish mumkin deyilgan. Mana shu narsalarni batafsil tushintirib bersangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatni Alloh taolo belgilaydi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bayon qilib berganlar. Mujmal o‘rinlarini mujtahidlar sharhlab berganlar. Shularga asosan sanoqli va uzunlik o‘lchovlarida ribo yo‘q. Alloh xohlagan narsasini harom qiladi, xohlagan narsasini halol qiladi. Hikmati O‘ziga ayon.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar