Dilozorlik haqida

Assalamu alaykum! Hayotimiz davomida bilib-bilmasdan insonlarni dilini og‘ritib qo‘yamiz, bu esa ulkan gunoh ekanligini ham bilamiz. To‘g‘risini aytsam, Alloh gunohlarimizni O‘zi mag‘firat etsin, men ham shu kabi insonlar qatoridan joy olganimdan chuqur nadomatdaman va shu masalada o‘ylab va ilmi bor odamlardann so‘rab, meni tinchlantiradigan javoblar ololmaganimdan afsusdaman. Insha Alloh eslaganimcha kechirim so‘rashga harakat qilmoqdaman desam, yolg‘on gapirmagan bo‘laman. Ammo, shunga qaramasdan, kimlarni dilini og‘ritganimni to‘liq o‘zim ham bilmayman. Ulamolarimizdan toki o‘sha mazlum kechirmaguniga qadar Alloh ham kechirmasligini eshitib, tinchim yo‘qoldi. Iltimos, dilozorlikning bu dunyodagi kafforati haqida yozsangizlar. Shoyad boshqalar ham bilsa.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dilozorlikning kafforati Allohga tavba qilish va mazlumni rozi qilish. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:46 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar