Er va xotinni birga namoz o‘qishi?

Assalomu alaykum! Men bir narsani oydinlashtirmoqchi edim. Er va xotin uyda farz namozini birga o‘qisa bo‘ladimi? Ya’ni men imom bo‘lib, ayolim esa menga bir metr orqada turib iqtido qilib o‘qisa bo‘ladimi? Ayolim aytishicha bitta xonada namoz o‘qisak bo‘lmas ekan. Men esa “bo‘ladi” dedim. Qaysi birimizning gapimiz to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Shayx hazratlari! Agar er xotiniga imom bo‘lib namoz o‘qisa, xotin erining qaysi tarafida turadi? O‘ng tomonidami yoki orqasida? Javob: - Orqasida.‎ bitta uyda o‘qisa bo‘ladi. Ammo yonma yon, ayolning biror a’zosi sajdada erning biror a’zosi barobarida bo‘lsa, ikkisining ham namozi buziladi. Takbiri tahrima va adoda ikkovlari sherik bo‘lgan mutlaq namozda ayol zoti erkakka tenglashib qolsa va u (erkak) ayolga imomlikni niyat qilgan bo‘lsa, erkakning namozi fosid bo‘ladi (buziladi). Chunki erkak oldinga o‘tish haqidagi amrni bajarmadi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ummu Sulaymning uyida namoz o‘qidilar. Men va bir etim bola u zotning orqalarida turdik. Ummu Sulaym esa bizning orqamizda turdi». To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Agar ayol kishi erkak kishi bilan bir safda turganda namoz buzilmaganida, yolg‘iz kishi bir o‘zi saf tortishi mumkin bo‘lmagani uchun, Ummu Sulaymning bir o‘zi safda turishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruxsat bermagan bo‘lar edilar. Agar imomlikni niyat qilmagan bo‘lsa, ayolning namozi buziladi. Chunki ayolning iqtidosi to‘g‘ri bo‘lmadi.

20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 716 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar