Ibrat olsa bo‘ladimi?

Assalamu alaykum! Men Sohibkiron Amir Temur shaxsi haqida ko‘plab kitoblar o‘qiganman. Amir Temurni mardligi, jasorati va himmat timsollaridan biri deb bilaman. 12 yoshida Temurbek qori deb nom taratgan, hofizi Qur’onning muqaddas dinimiz yo‘lidagi beqiyos xizmatlari tarix kitoblarida keltirilgan. “Temurnoma”dan iqtibos keltiraman va siz ustozlarning munosabatlaringizni so‘ramoqchi edim : Illo , men Qur’onni yod o‘qiy olaman. Hatto suralarni oxiridan boshiga qarab teskari o‘gira olaman. Qur’onni ochganimda nigohimga chalingan birinchi oyat mening taqdirimni aytib beradi. Qur’on oyatlariga qarab kelajakni belgilash menga odat bulib kolgan”. Iqtibos tugadi. Bu jumlalardan ibrat olsa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz keltirgan iqtibos “Qur’oni Karimga qarab fol ochish” deyiladi. Hozirgi kunga kelib bu ish shia mazhabiga mansub kishilarda urf bo‘lgan. Uni qilmagan ma’qul. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar